Shirinmiya O’zbekistonda tabiiy holda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va bonqa daryo buylari va havzalarida tarqalgan. Amudaryoning quyi oqimi Qoraqolpog’iston Reepublikasi erlarida 1970 yilgi ma’lumotlar buyicha 16000 ga maydonni tashkil qilgandi. Xorazm viloyatida ham shirinmiya o’simligi katta maydonlarda o’sar edi. Afsuski, sobiq sho’rolar davrida shirinmiya ildizlarini «Soyuzlakritsa» Butunittifoq birlashmasi tomonidan ayovsiz kovlashlar, g’o’za va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlar maydonini kengaytirish maqsadida shirinmiya o’sayotgan erlarni haydab yuborish oqibatida katta — katta shirinmiya o’sayotgan maydonlar qisqarib ketdi. Natijada, hozirgi vaqtda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi havzalarida, Farg’ona vodiysi, Toshkent, Buxoro, Xorazm va Samarkand viloyatlarida kichik — kichik bo’laklarga bo’lingan orolchalar sifatida ariq va zovur bo’ylarida qoldi, xolos. Bu maydonlarga mexanizatsiya yo’li bilan ishlov berish mumkin bulmay qoldi. Endilikda o’simlikni muzhofaza qilish va tabiiy zahiralaridan oqilona foydalanish uchun shirinmiya maydonlarini anshqlash, kadastr qilish, zahirasini va hosildorligini bilish zarurati dolzarb bo’lib turibdi.