Ta‘kidlab o‗tish joyizki turizmning rivojlanishi birinchi navbatda turizm industriyasining o‗zagi bo‗lgan mehmonxonalarning rivojlanishi bilan ham bog‗lik. CHunki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo‗lib, birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning tunashga, dam olishga bo‗lgan ehtiyojlarini qondiruvchi, murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muxim bo‗lagi hisoblanadi.
SHuning uchun ham XXI asr turizmida mehmonxonalar biznesida nafaqat xizmatlar assortimentini ko‗paytirishga, balki ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifatini va samaradorligini oshirishga alohida etibor berilmoqda, ya‘ni xizmatlarning sifatini va samaradorligini oshirishda yangi-yangi texnologiyalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda. Ammo, takidlash joyizki, har qanday faoliyat turi hoh u ishlab chiqarish yoki xizmat ko‗rsatish bo‗lsin boshqaruvni hamda yuqori daromad olish va samaradorligini oshirish uchun boshqaruvdan samarali foydalanishni taqozo etadi.