Yirik masshtabli topografik xaritalarda katta maydonlar tasvirlanadigan bo‘lsa, xarita juda kattalashib ketadi. Shuning uchun bunday xaritalar ayrim-ayrim varaqlarga bo‘linadi va ular ko‘p varaqli bo‘ladi. Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag‘ida Yer yuzasining kichik qismi tasvirlanadi. Shuning uchun bunday xaritalarda mayda masshtabli xaritalarga nisbatan xatoliklar juda kam bo‘ladi, chunki kichik maydon yuzasi tekislikka yaqin bo‘ladi. Xaritaning masshtabi uning barcha qismida bir xil bo‘ladi.