Sotsiolingvistika til va tafakkur munosabati, kommunikatsiya, ya‘ni muloqot
jarayonida tilning funksional ko‘rinishlari kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, sotsiolingvistika faqat til hodisalarining tabiatini anglash bilan chegaralanib qolmaydi, u jamiyatdagi madaniy-ma‘rifiy, iqtisodiy-siyosiy masalalarni hal etish bilan ham uzviy bog‘liq. Mazkur qo‘llanma filologiya fakultetida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda sotsiolingvistika fanining maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati, ijtimoiy fanlar orasida o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish maqsadi ko‘zlangan. Qo‘llanmani yaratish jarayonida H.Ne‘matov, Sh.Safarov, S.Mo‘minov, B.Jo‘rayeva, G.Toirova kabi tilshunoslarning kuzatishlariga tayanildi. |
0
|
|