Agrar soha ishlab chiqarishining samarali rivojlanishi  uchun xo’jalik yuritishning yuqori va  samarali  tizimi  talab  etiladi.  Axborot  texnologiyalari  qishloq  xo’jaligi  jarayonlarining rejalashtirishga,  bashoratlashga,  tahlil  qilishga  va  modellashtirishga  bog’liq  katta  miqdordagi masalalarni  echishda  muhim  yordam  beradi.  Axborotlarni  yig’ish  va  qayta  ishlashning yuqorisamarador  texnologiyalari,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  koordinatsiya  qilish  yo’li  bilan maqsadga erishishning uskunaviy vositasi bo’lib amalda qo’llanilmoqda.