Inson hayotida sabzavotlarning ahamiyati katta. Ular tarkibida turli xildagi biologik faol moddalar ko’p bo’lganligi uchun ularni “salomatlik sarchashmalari” deb ham yuritiladi. Sabzavotlar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan vitaminlarni 15 tasi mavjuddir, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsitlar va boshqa biologik faol moddalarning ko’pligi ular insonlarning muhim oziqa moddasi ekanligidan dalolat beradi. SHunga ko’ra aholi hayotini davomiyligi va mehnatga layoqatliligi sabzavotchilikni rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.