Birinchi qismida umumiy tuproqshunoslik asoslari ya’ni tuprOq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi, tuproqning tarkibi va xossalari, uning yer biosferasidagi, shuningdek, qishloq xo’jaligidagi roli va fimksiyalari kabi masalalar batafsil bayon etilgan. Tuproq unumdorligi hamda biogeosenozlar va agrosenozlar mahsuldorligi masalalariga alohida e’tibor berilgan. Ikkinchi qism tuproq tiplari, ulaming genezisi, klassifikasiyasi, geografiyasi va foydalanishiga bag’ishlangan. O’zbekiston Respublikasida tarqalgan tuproq tiplariga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir tuproq tipi uchun uning paydo bo’lish sharoitlari, tarkibi, xossalari va qishloq xo’jaligida foydalanish xususiyatlariga batafsil tavsif berilgan.