Mazkur o`quv adabiyotidan foydalanib gravimetrik, titrimetrik, neytral-
lanish, cho’ktirish, kompleksonometrik va oksidlanish-qaytarilish usullari yuzasidan barcha kerakli ma’lumotlarga, laboratoriyada hisoblash ishlari bo’yicha namunalar va bir qancha nazariy ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin. Olingan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, mustaxkamlash va o’z-o’zini tekshirish uchun nazorat savollari ham keltirilgan. Darslikdan kimyo, kimyoviy texnologiya, neft va gazni qayta ishlash, oziq-ovqat maxsulotlari texologiyasi, biotexnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi va boshqa turdosh ta`lim yo`nalishlari talabalari, õàìäà tegishli mutaxassislik magistrlari foydalanishlari mumkin. |
0
|
|