Hozirgi kunda Respublikamizning barcha ta’lim–tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini olib borishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash masalalari ustida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida har xil o’quv–uslubiy qo’llanmalar va majmualar yaratilmoqda. Ushbu taqdim etilayotgan o’quv–uslubiy majmua universitetlarning barcha bakalavriat yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib u «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’rganishga qaratilgan.