«Urug’ tayyorlash texnologiyasi» o‘quv fani kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalaridan kelib chiqqan holda paxta tozalash sanoati uchun kadrlar tayyorlash maqsadida talabalarga nazariy-amaliy bilim va ta’lim - tarbiya berish, paxta tozalash mashinalariga qo‘yiladigan asosiy texnik va texnologik talablar, uskunalarni ishlashi va texnologik jarayonlarni borishini o‘rgatish, talabalarga ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini kurs loyihasi, diplom loyihasi va magistrlik dissertatsiyalarini bajarish bilan real sharoitga qo‘llash bo‘yicha bilim berish hamda ularda tegishli amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi.