Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikasiya-bu tasviriy faoliyat turlari bo’lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan: yozuvchining she’ri va rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat ¬bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uni shakli, katta-kichikligini, qismlarning joylanishi, rangipi bilish kerak bo’ladi. Bu jarayonida ko’rish, sezish, qo’l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi. Bolalar predmet va xodisalarni kuzatish va ko’rib chiqish jarayonida bolalar predmetni katta-kichik guruhlarga bo’lish, uni shaklini o’zgartirish, rangini turli-tumanliti bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog’oz, mel, bo’yoqlar) bilan ularning o’ziga hos xususiyatlari, ular bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarni aqlan o’sishiga sabab bo’ladi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalardda fikr yuritish operasiyalari (taxlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish) ni rivojlanishga imkon beradi, bu o’z navbatida bolalarni oqilona o’sishiga olib keladi.