Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Abdulla Bairbekov Kadirkulovich 22.04.2023-17:03:47

Muallif (lar): BAIRBEKOV. A.K. – GulDU “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchilar: Ped.fan.nomzodi,dots.v.b. Saribaev Sh.T. (GulDU) Professor Bayrbekov M.G. (GulDU)
Chiqarilgan yili: 2022
Resurs betlari soni: 79
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): DOC

O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fani o’qitishdan maqsad – talabalarda Voleybol va uni o’qitish metodikasi fani bo’yicha, ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida voleybol o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishga o’rgatish, voleybol o’yinlarida hujum va himoya taktikasi va texnikasi bilan tanishtirish, o’yinlarda qo’llanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o’tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o’rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir. Ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg’ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni amalda bajarib, ko’nikma va malakalari shakllantiriladi.
Fanning vazifasi – talabalarda Voleybol va uni o’qitish metodikasi fanini o’tkazish bo’lajak mutaxassislarga voleybol o’yinlarni tashkil qilish, tahlil qilish, talabalarda voleybol turi bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun atroflicha bilim berish, voleybol o’yinlarni tashkil qilish, tahlil qilish, voleybol o’yinlarida harakatlanish va to’pni boshqarish texnikasi, hujum va himoya texnikasi hamda taktikasi bilan tanishtirish, o’yinlarda qo’llanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o’tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o’rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va oshirish yo’llarini o’rgatishdan iborat.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Voleybolni o`qitish metodikasi
 
Ko'rildi: 128     Ko'chirildi: 93


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz