Oliy ta’lim muassasalarining 5112000 – “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo’nalishi blokida «Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari » fani o’tilishi rejalashtirilgan. Ushbu fan bo’yicha tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturida keltirilgan adabiyotlarning deyarli hammasi rus tilida yozilgan bo’lib, ulardan foydalanishda talabalar qator qiyinchiliklarga duch keladilar, ayrim ilmiy atamalarni yaxshi tushunmaydilar.
Shu sababli muallif ushbu fan bo’yicha davlat tilidagi qisqacha lektsiyalar kursi, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish tartiblarini o’z ichiga olgan o’quv–metodik majmua yaratishga harakat qildi. Majmuaga asos qilinib namunaviy dasturda keltirilgan adabiyotlar olindi.