OTMlarda ta’lim mazmuni va o’quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat-monitoringini oshirish, bo’lajak tarbiyachilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi. OTMlarning eng muhim vazifalaridan biri – bu bo’lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir.