O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, milliy istiqlol g’oyasi
va mafkurasi talablari asosida oliy o’quv yurtlarida bo’lg’usi mutaxassislarni aqliy, ahloqiy, intelektual, estetik va jismoniy jihatdan komil insonlar qilib tarbiyalashda «Umumiy pedagogika va psixologiya» fani ustuvor fanlardan biri hisoblanadi. Mazkur fanning dasturi oliy o’quv yurtining bo’lajak o’qituvchilarini pedagogika va psixologiya fanlarining nazariy, amaliy va milliy asoslari, pedagogik va psixologik bilimlar majmuasi bilan qurollantirishga xizmat qiladi. «Umumiy pedagogika va psixologiya» fani predmeti yaxlit pedagogik jarayonni tashkil etishga, boshqarishga va ta’minlashga xizmat qiluvchi pedagogik va psixologik fanlarni o’qitish jarayoni, mazmuni, metod, shakl va vositalarini keng miqiyosda yoritib beradi. Ta’lim samaradorligini oshirish, davlat ta’lim standartlarining bajarilish |
0
|
|