davlatchilikning paydo bo`lish jarayoni uzoq davom etadigan jarayondir. Davlatchiligimizning paydo bo`lishida tashqi omillarni, jumladan qadimgi sharq sivilizasiyasi ta`sirini inkor etmagan holda u qadim ajdodlarimizning uzoq asrlar davomida erishgan tajribasi, tafakkuri va mehnati mahsuli ekanligini alohida ta`kidlash o`rinlidir. To`g`ri, bu fikrga qarshi chiquvchilar ham bor. SHu sababli ham qo`llanmada davlatchiligimizning mahalliy ildizlarga ega ekanligi borasida ilmiy dalillar keltirib o`tilgan.