Ushbu o`quv uslubiy qo`llanma “Analitik, fizkalloid va bioorganik kimyo” fànidan agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta’lim yo’nalashi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari, laboratoriya asbob uskunalari, kimyoviy idishlar, ulardan foydalanish tartib qoidalari, shuningdek analitik kimyo metodlari, sifat va miqdor analizi uslublari, fizik kimyoning asosiy qonunlari, ylarning amalda qo’llanilishi, kolloid eritmalar, ularning olinishi usullari, kaogulyasiyasi, molekulyar-kinetik va elektro kinetik xossalari, bioorganik kimyoning asosiy sinflariga kiruvchi uglevodlar, oqsillar, lipidlar, vitaminlar, fermantlarning olinishi va asosiy kimyoviy xossalarini o’rganish usullari bo’yicha laboratoriya mashg`ulotlarini o`z ichiga oladi, shuningdek, har bir mavzyga doir nazorat savollari kiritilgan.
Uslubiy qo`llanma “Analitik, fizkalloid va bioorganik kimyo” fànidan agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalashi talabalariga analitik, fizkalloid va bioorganik kimyoning nazariy asoslarini o`rganishida hamda laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni mustaqil ravishda bajara olish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirishda katta yordam beradi.