Mazkur monografiyada raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga geymifikatsiya yordamida ingliz tilini oʼrgatish metodikasini takomillashtirish masalalari oʼz ifodasini topgan boʼlib, unda “raqamli texnologiyalar”, “geymifikatsiya”, “geym” tushunchalariga ingliz tilini oʼqitish metodikasi doirasida ilmiy jihatdan taʼriflar keltirilgan. Monografiyada talabalarning geymifikatsiya texnologiyalari asosida ingliz tilidagi oʼquv materialini oʼzlashtirish bosqichlarini belgilash; ular tomonidan ingliz tilidagi oʼquv materialini oʼzlashtirishning hissiy-emotsional faoliyati, til oʼrganish qobiliyati, kompetentsiyalarining rivojlanish darajasini aniqlash masalalari oʼz ifodasini topgan.