Mazkur qo`llanmadan mustaqil diyorimiz yoshlari ajdodlarimizning tarixiy taraqqiyot yo`llarini o`qib-o`rganadilar, mustaqil tahlil qiladilar, o`z hukm-xulosalarini chiqaradilar. Ular ongida milliy tafakkur, vatanparvarlik his-tuyg`usi, milliy mustaqillik bilan g`ururlanish, milliy istiqlolimizni yanada mustahkamlash uchun mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotida yanada faolroq qatnashish, O`zbekiston mening vatanim, men uning egasi va himoyachisiman, degan burch tushunchasi shakllanadi, deb umid qilamiz.