Ushbu oʻquv qoʻllanma: 5130200 - Amaliy matematika, 5140200 - Fizika bakalavr ta’lim yoʻnalishida oʻqitiladigan “Analitik geometriya va chiziqli algebra” oʻquv fan uchun OOʻMTV tomonidan tasdiqlangan fan dasturiga toʻla mos kelib, unda vektorlar va ular ustida amallar ularning chiziqli bogʻliqligi va bogʻlanmaganligi, tekislikda toʻgʻri chiziq tenglamalari va ularning vaziyati, ikkinchi tartibli chiziqlar, ellips, giperbola, parabola, fazoda toʻgʻri chiziq va tekislik vaziyati, ikkinchi tartibli sirtlar, ellipsoid, giperboloid, paraboloidlar, proektiv tekislik kabi mavzularning nazariy jihatdan keng bayon etilgan boʻlib, ba’zi mavzularda adabiyotda qisqartirilgan qismlarini kengroq qilib yortishiga e’tibor qaratilgan. Oʻquv qoʻllanma Guliston davlat universiteti Kengashi tomonidan (¹ 2-bayonnoma “3” îêòÿáðü 2020 y.) nashrga tavsiya etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1
martdagi ¹ 110 sonli buyrugʻiga asosan chop qilishga ruxsat berilgan. Guvohnoma raqami ¹ 110-001.