Insoniyat hayotida don mahsulotlarini ahamiyati juda katta chunki insoniyatning asosiy oziq-ovqatlari hisoblangan non va non mahsulotlari, makaron, vermishel, va har xil yormalar dondan tayyorlanadi. Shu- ning uchun aholini mana shu ehtiyojni qondirish uchun don yetishtirishda muttasil ko‘paytirish davr talabi bo‘lib hisoblanadi. Yetishtirilgan donni nest-nobud qilmasdan saqlash va uni qayta ishlab boshqa mahsulotlar olish muhim hisoblanadi. Darslikda donni saqlashga tayyorlash, donni saqlashda o‘tmishdagi holati va hozirgi kundagi saqlash inshootlari, donni saqlashda kechadigan o‘zgarishlar, donni chiqindilardan tozalash, quritish, don zararkunandalari va ularga qarshi kurashish batafsil yoritilgan.