Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
10 oktyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 816-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 13 oktyabrdagi 857-sonli buyrug‘iga binoan chop etishga tayyorlangan. Darslik Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti va shu asosda tayyorlangan dastur talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, unda tuproqshunoslik va geologiya asoslari fanining maqsad va vazifalari uning fan sifatida rivojlanishi tarixi, yerning paydo bo‘lishi, tog‘ jinslari va minerallar, tuproq paydo bo‘lish jarayonlarining umumiy sxemasi, tuproqning tarkibi va hossalari, uning biosferadagi, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi roli va funksiyalari kabi masalalar batafsil bayon etilgan. Ushbu darslikdan qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarida bakalavr ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar, shuningdek, tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, fermer xo‘jaligi xodimlari, qishloq va suv xo‘jaligi soxasida ishlayotgan mutaxassislar va yer-tuproq masalalari qiziqtirgan mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin. |
0
|
|