Mazkur o‘quv o‘quv-uslubiy majmua 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1martdagi 107-sonli “Yangi o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani tavsiya etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining BD 5120100-4.02-raqamli 2019 yil 09.01 da tasdiqlangan namunaviy dastur asosida shakllantirilgan.
Majmuada Matnshunoslik sohasining shakllanishi, matnshunoslikning o‘ziga xos jihatlari, taraqqiyoti, matn bilan ishlash texnologiyalari, badiiy asarlarning saqlanishi kabi masalalar atroflicha talqin qilinadi.