Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz


Muallif (lar): Vahob RAHMONOV, Obida FAYZULLAYEVA
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 152
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): word

Mazkur o‘quv uslubiy majmua 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek filologiyasi fakultetining O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi professor- o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.
“Navoiyshunoslik” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-va 3-kurslarda o‘qitiladi.
Alisher Navoiy dunyo tafakkuri tarixida o‘zining abadiyatga daxldor asarlari va benazir dahosi bilan turkiy xalqlarning ma`naviy siymosini yarata olgan hamda asarlarida tarannum etgan ezgu g‘oyalari bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan so‘z san`atkoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi 2016-yil 13-maydagi ¹ PF-4797 Farmonida aks etganidek, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etdi.
Ushbu uslubiy majmua buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi eng muhim ma`lumotlar, uning asarlari poetikasi, shoir lirikasi, xususan, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi janrlarni sharhlab o‘qitish, Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab o‘qitish bilan bog‘liq masalalarni qamrab olgan.
Fanning maqsadi – Alisher Navoiyning boy adabiy va ilmiy merosini filolog talabalarga ta`lim berish orqali ularni yuksak ma`naviyatli va keng ma`rifat sohibi etib tarbiyalashdir. O‘zbek mumtoz adabiyoti va o‘zbek milliy ma`naviyatining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini anglash yo‘lida ochqich – kalit vazifasini bajaradigan Navoiy ijodini o‘rganish orqali yoshlarda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirish, o‘zbek adabiyoti tarixining eng muhim davri haqida har tomonlama bilim hosil qilish, ma`naviy dunyosi mukammal bo‘lishiga ko‘maklashish “Navoiyshunoslik” fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Navoiyshunoslik
 
Ko'rildi: 296     Ko'chirildi: 15898


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz