Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi betakror odam. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun ruhiy jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.