Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Dilfuza Nosirova Saydullayevna 24.07.2021-22:41:30

Muallif (lar): A.D.asqarov -O`MU- PhD, Sh.A.Abdullayeva - O`MU- p.f.d., Z.B.Ahrorova - O`MU, pfn., N.M.dalimova -O`MU -pfn., X.U.Abdusamatov -O`MU- o`qituvchi
Chiqarilgan yili: 2018
Resurs betlari soni: 12
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): PDF

Fanni o’qntishdan maqsad (pedagogik jihatdan) — bo’lg’usi mutaxassislarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy asoslari bilan qurollantirish, barkamol shaxsni shakllantirish, pedagogik faoliyat mazmuni, innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish orqali talabalarda pedagogik tafakkurni, ijodiy fikrlashni, pedagogik jarayonda muvaffaqiyatga erishishni, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik g’oyalarni, sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarini amaliyotga maqsadli gadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarda nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, pedagogik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifasini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
- umumiy pedagogika fanining metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari va tadqiqot ob’ektlari, tarixi va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari, ilg’or pedagogik qarashlar, jahon talim tizimi, O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va milliy modeli, ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, birligi, ta’lim nazariyasi (didaktika) ning asosiy komponsitlari: kontseptsiyalari, paradigmalari, ta’lim printsiplari, metodlari, texnologiyalari; tarbiya nazariyasining mohiyati, tarbiya mazmuni, printsiplari, tarbiya mstodlari va texnologiyalari; maxsus pedagogikaning o’ziga xos xususiyatlari, jamoada, oiladagi tarbiya hamda o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari, ta’lim va tarbiya to’g’risida sharq va g’arb mutafakkirlariiing qarshilarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- Pedagogik faoliyatni rejalashtirish, ta’lim muassasalarida o’qitish va tarbiyalashning zamonaviy metod va tsxnologiyalarini qo’llash, o’kuvchi shaxsini rag’batlaptirish, uning faoliyatini nazorat qilish, iste’dodi, iqgidorini ro’yobga chiqarish uchun tadbirlar ishlab chiqish, o’quvchilar bilimini nazorag qilish va baholash, ota onalar, jamoa, o’quvchilar bilan yakka va guruh bo’lib ishlash, o’quvchilar jamoasini boshqarish, pedagogik texnika va madaniyatni muayyan tizimga solish va uni o’zida shakllantirish, pedagogik takt singari ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim.
- Tanlangan metod va texnologiyalarni tadbiq qilishda ijtimoiy muhit va vaziyatni to’g’ri baholay olish, ta’lim-tarbiya jarayonida tegishli irodaviy sifatlarni namoyish qilish, sabr-toqat, qat’iyatlilik, javobgarlikni his qilish, muammoli vaziyatdan to’g’ri chiqib keta olish, pedagogik jarayonda nizolarni oldini olish, o’z hatti-harakatlarini boshqara olish, pedagogik nazokati va odobini takomillashtirib borish, o’z mehnatini rasmiy va ijodiy tashkil eta olish, o’zining kasbiy va pedagogik mahoratini muntazam oshirib borish, ilgor tajribalarni o’rganish va o’z faoliyatiga singdirish kabi malakalarga ega bo’lishi lozim.
O’quv fanining psixologik jihatdan maqsadi talabalarda umumiy psixologik bilimlarni shakllantirish, voqelik va jamiyatdagi voqea- hodisalarning, shaxsni o’zida kechadigan jarayonlar va psixologik bilimlarni shakllantirish, ularni jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o’rgatishdan iborat. Talabalarni yosh va pedagogik psixologiya fanining nazariy asoslari va inson taraqqiyoti qonuniyatlarini tadqiq etish uchun amaliy materiallar bilan qurollantirish.
Fanni o’qitishning psixologik jihatdan vazifalgari quyidagilarni hal etishga qaratilgan:
-inson ruhiyatini psixologik tahlil etish;
-umumiy psixologiya fanining jamiyat va shaxs kamolotidagi o’rnini talabalarga tushuntirish;
-voqea va hodisalarni psixologik nuktai nazardan tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish;
-inson psixologiyasini umumiy ilmiy asoslarini o’rgatishni;
-jamiyat va shaxs orasidagi munosabatning psixologik qonuniyatlari asosida rivojlantirishni;
-umumiy psixologiya fani bo’limlari bo’yicha (psixikaning evolyutsion taraqqiyoti, shaxs psixologiyasi, iroda psixologiyasi, sezgi va idrok, diqqat va xotira, tafakkur va nutq) psixologik bilimlarni tahlil etish, ularning qonuniyatlarini mashg’ulot jarayonida tahlil etish xususiyatlarini shakllantirishdan iboratdir.
Bakalavr talaba psixologiyaning tabiiy va ijtimoiy fan sifatida talqin qilinishi, psixologiyaning sohalari, psixologiya va falsafaning o’zaro aloqasi, psixologiya va ilmiy - texnik taraqqiyoti, pedagog faoliyatida psixologiyaning etakchi ahamiyatga ega ekanligi haqida tasavvurga ega bo’lishi;
-psixika va ong munosabati, psixologiyaning o’rganish metodlari, faoliyat va motivlar, psixikaning ontogenezdagi taraqqiyoti, yuksak psixik funktsiyalarning tarkib topishi, shaxs faoliyati, muloqat va uning ko’p maqomli xarakteri, psixik jarayonlar va shaxsniig individual xususiyatlarini bilishi vaulardan foydalana olishi;
-shaxsning psixologik xususiyatlarini o’rganuvchi metodlar, pedagogik jarayonni boshkarish. O’quv eksperimentlar o’tkazish, shaxs (o’quvchi) psixikasining o’ziga xos xususiyatlarini kuzatish, o’quv jarayonida turli anketa va boshqa usullarni qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Talaba olgan bilimlaridan kelgusi faoliyatida shaxsning psixologiyasiga xos xususiyatlarini o’rganish bo’yicha eksperimentlar o’gkazish, insonning riyujlanish bosqichlaridagi psixologik xususiyaglari, ulardagi turli jarayonlar bo’yicha maslahatlar olib borish, pedagogik faoliyatda o’kuvchilarning psixologik xususiyatlari, ulardagi turli jarayonlar bo’yicha maslahatlar olib borish, umumiy psixologiya bo’yicha olib borilgan eksperiment va kuzatuvlarni rasmiylashgirishda foydalanadi.



Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Umumiy psixologiya va pedagogika
 
Ko'rildi: 288     Ko'chirildi: 59


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz