Gulchehra Qo`yliyeva Nazarqulovna 21.07.2021-10:33:34 |
Jahon adabiyoti kursining maqsad va vazifalari kunimizga qadar bo‘lgan davrda jahon adabiyotining zabardast siymolari va buyuk asaralarning ilmiy-badiiy ahamiyati xususida ma`lumot berishdan iborat. Mazkur ma`ruza matni Antik adabiyot, xorijiy mamlakatlar adabiyoti bo‘yicha tuzilib, unda Yunon va Rim adabiyoti, o‘rta asrlar va uyg‘onish davri adabiyoti, XVII asr Yevropa mamlakatlari adabiyoti, XVIII-XIX-XX asr Yevropa mamlakatlari adabiyotini o‘z ichiga oladi. Ma`ruza matnning maqsadi klassisizm, ma`rifatchilik romantizm, realizm va tanqidiy realizm oqimlariga mansub bo‘lgan adiblar, ularning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar bilan tanishtirishdir.
Xorijiy mamlakatlar adabiyoti bo‘yicha manbalar juda katta hajmda bo‘lib, mazkur ma`ruza matnda eng ilg‘or taraqqiyparvar yozuvchilarga to‘xtaldik. Mazkur ma`ruza matn O`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun mo‘ljallangan. |
Ko'chirildi: 7324
|
0
|
![]() |
|