Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Rabbimqul Sultonov O`rolovich 07.07.2021-00:09:39

Muallif (lar): Sultonov Rabbimqul Uralovich
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 104
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): .doc

Gimnastika – jismoniy tarbiya fakultetining o‘quv rejasidagi asosiy tartiblardan biri hisoblanadi. Bu bosqichda asosiy o‘rinni tayyorlanish uslubi (metodikasi) va asosiy gimnastika darslarining maktab, kollej, oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazilishiga qaratiladi.
Asosiy gimnastika o‘quv muassasasi o‘quvchilarini jismoniy tarbiya majmuiy dasturining negiz qismidan va davlat standartlaridan iborat.
Kelajakda mamlakatimizdagi jismoniy tarbiya va sportning ommaviy o‘sishi, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti kafedralarida tayyorlangan mutaxassislarning ta’minotiga bog‘liq.
Ishning samaradorligi ularning mutaxassis – o‘qituvchi va ommaviy jismoniy sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish mahoratiga bog‘liq.
Gimnastikaning ommaviy turlari sohasidagi mutaxassis o‘z faoliyatida, aniq shartlardan kelib chiqqan holda individual (yakka tartibda) va guruhlarda turli uslub (metod) lar bilan mashg‘ulot o‘tkazilishi; turli jinsga mansub shaxslarga majmuiy mashg‘ulotlarni tavsiya qilishi; musobaqalar tashkil qilish gimnastika bayramlari o‘tkazishi lozim. Bu sohadagi uzliksiz mashg‘ulotlarni talabalar nazariy rejadagi ma’ruza darslarida va mustaqil gimnastika bo‘yicha darsliklarida dasturiy materiallarni o‘rganib, tavsiya qilingan adabiyotlarni uslubiy (metodik) seminar va amaliy mashg‘ulotlardan oladilar.
Gimnastika bosqichining dasturida shunday bo‘lim va mavzular o‘rganilishi ko‘zda tutilganki, bunda mutaxassisga gimnastikaning tarixiga oid savollar uning jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni va ahamiyatiga aniq yo‘nalish olishga yordam beradi.
Nazariy va amaliy bosqichlarini o‘rganib talabalar gimnastikaning katta imkoniyatlari haqida tushunchalarga, gimnastika uslubini bilish esa ularning mutaxassis tayyorgarligi tizimidagi negiziga ega bo‘ladilar.
Institut bitiruvchilari mamlakat aholisi jismoniy tarbiyasini amalga oshirish, gimnastik mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchilarni o‘qitishi, umumta’lim maktablar va kasb-hunar kollejlarida, oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida, korxonalarning jismoniy tarbiya jamoalarida, jismoniy sog‘lomlashtirish klublarida, davolanish muassasalari va boshqa tashkilotlarda gimnastika bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishi va o‘tkazishi lozim.


Gimnastik yo‘nalishli jismoniy tarbiya o‘quv mashg‘ulotlari, mashg‘ulotning asosiy shakli bo‘lib, turli ixtisoslikdagi o‘quv muassa-salarida jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy pedagogik tayyorgarliklari darajasini aks ettiruvchi etakchi kriteriy (baholovchi)laridan hisoblanadi. Lekin, ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlillari shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda o‘quv mazmunini rejalashtirish mahoratini aniq va uzluksiz ochuvchi, mashg‘ulot va mustaqil mashg‘ulotlarda an’anaviy va noan’anaviy mashq turlarini o‘rgatish va qo‘llash, zamonaviy uslub va vositalarni o‘z ichiga jamlovchi darsliklar mavjud emas.
Ommaviy gimnastika turlarining farqliligi – ularning ommaviy tushunilishida gimnastika bog‘cha yoshidan to keksa yoshdagilarga ommalasha boraoladi. Lekin, maktab va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini o‘qitish jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining dolzarb ishi.
Umumta’lim va kasb-hunar maktablarining isloxat qilinishi bilan mutaxassis jismoniy tarbiya sohasida gimnastikani barcha sinflarda o‘qitishga tayyor turishi lozim, bu degani sog‘lomlashtiruvchi gimnasti-kaning hamma negiz turlarini bilishi, uning barcha vositalarini keng diapazonli (bilim saviyasi) yoshdagilar (6-17 yoshgacha) bilan ishlashda foydalanishni bilishi lozim. Gimnastika vositalari so‘zsiz, bolalar, o‘smir va kollej o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasida samarali hisoblanib ularning sog‘liqlariga jismoniy sifatlarning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda gimnastika yangi noan`anaviy turlari bilan boyitildi. Bular: ritmik gimnastika, atletik gimnastika, stretching, sheyping, ayrobika, ushu, xatxa–yogo va boshqalar. O‘quvchilarning asosiy bilimlariga darslarda zamonaviy o‘qitish vositasi va uslublarini ishlatilishiga talab kuchaydi.
O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida umumiy va kasbiy pedagogik jismoniy tayyorgarlikni jiddiy masalalari hal qilinmoqda. Katta yoshdagilar sog‘lomlashtirish gimnastikasida (badantarbiya, ayollar, ritmik, atletiklar) qiyinchiliklar ko‘proq.
O‘qituvchi turli yoshdagi turli xohish-istak va imkoniyatli shaxslar bilan ishlar ekan, bolalar va turli kasb egalari bilan ta’lim-tarbiyaviy ishlarini samarali olib borishda keng va chuqur bilim kerak bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya instituti pedagogik ixtisoslik o‘quv muassasasi. Gimnastika bosqichini o‘rganish jarayonida talabalar kerakli darajada umumpedagogik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Gimnastika bosqichini o‘rganish oliygoh o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa tartibdagi o‘zaro bog‘lanishli kafedralararo bog‘lanishlarning muhim vazifasi hisoblanadi.
Gimnastikaning samarali turlarini keng xalq orasida tashviq qilish va singdirish vazifalarini ommalashtirish maqsadida talabalar quyidagi o‘qitish uslubini bilishlari lozim, aynan:
- mashg‘ulotni yuqori darajada olib borishlari;
- mashqlarni ritmik tuzilishi yaqqol ko‘rsatilgan musiqa hamroh-ligida olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- barcha gimnastik inventar (jihoz) va moslamalarni ishlata bilish;
- mashqlarni aylana usulli bajarilishini qo‘llab o‘rgatish.
Gimnastika mashg‘ulotlariga qiziqishni o‘rgatish uchun ularning o‘tkazilishini o‘yin tarzida va musobaqa uslublarini bilish lozim, shuningdek, gimnastik mashqlarni, sportning boshqa turi mashqlari bilan birga olib borish lozim. O‘qituvchilar mashg‘ulotlarni ko‘rgazmali turlaridan foydalanishni bilishi shart; masalan, bayramlardagi ko‘rgazmali chiqishlar, “Barkamol avlod”, “Umid nihollari”, “Unversiada” dasturlari bo‘yicha spartakiadalarda, “Salomatlik kuni” kabi ommaviy tadbirlarda, “Alpomish va Barchinoy” normativlarini topshirishda va hokazo.
Gimnastikaning ommaviy turlari bo‘yicha mutaxassisni tayyorlashda tashkilotchining sifatli tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda asosiy gimnastikaning mashqlarini o‘rgatish uslub va shakllari rang barangligi, ularni tadbiq etish usullari, murakkabligiga qarab yakka tartibda (individual) saralashning imkonligi qiziqish va xohishni ayonliligi, mashg‘ulotning yuqori natijaliligi - bu guruh mashqlarni haqiqatdan ham jismoniy tarbiyaning noyob vositasiga aylantiradi.
Shakllanishning samarali masalalarini hal qilishga qaratilgan barcha izlanishlar jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarda yuqori darajadagi kasbiy mahoratini tashkil qilish va gimnastika bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori ilmiy-nazariy darajada o‘tkazilishi dolzarb va amaliy maqsadga muvofiqdir.
Taxmin qilish mumkinki gimnastika bo‘limiga ixtisoslashtirilgan talabalarning kasbiy–pedagogik bilim va ko‘nikmalarining shakllanishi to‘g‘ridan to‘g‘ri uslubiy va amaliy mashg‘ulotlarning savodli qurilgan-ligidan va ularning olgan bilimlarini bosqich dasturining bo‘limlari bo‘yicha pedagogik amali yoti jarayonida amalda qo‘llanishiga bog‘liq.
Talabalar kasbiy pedagogik bilim va ko‘nikmalarining shakllanishiga ishlab chiqilgan variantlari;
- har bir gimnastika ixtisoslgi talabasi bilishi lozim bo‘lgan kasbiy- pedagogik bilim va ko‘nikmalar darajasini oshirishga;
- bilim va ko‘nikma shakllanishi ketma-ketligini aniqlashga;
- ma’lum samarali darajada ayrim bilim va ko‘nikmalarning shakl-lanishi uchun kerak bo‘lgan vaqtni aniqlashtirishga;
- o‘quv amaliyot bo‘yicha mantiqan mazmunli mashg‘ulotni rejalashtirishga;
- o‘quv amaliyotini o‘tkazish uslubini tashkil qilish va o‘tkazishga;
- o‘tkazilgan mashg‘ulotlar natijasini baholashning qulay va ob’ektiv shakl va uslubini aniqlashga imkon beradi:

I. Kasbiy pedagogik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun quyidagilar zarur:
- jismoniy tarbiya institutidagi har bir talaba o‘rganishi zarur bo‘lgan kasbiy- pedagogik ko‘nikma va malakalar hajmi;
- ko‘nikma va malakalarni shakllantirish izchilligi;
- zaruriy sifat darajasidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun talab etiladigan vaqt;
- o‘quv amaliyoti bo‘yicha mashg‘ulotlarni eng ma’qul mazmuni;
- o‘quv amaliyotini oqilona tashkil etish va o‘tkazish uslubiyati;
- o‘tkazilgan mashg‘ulotlar natijalarini baholashning eng qulay va ob’ektiv shakllari va usullari.
II. Kasbiy-pedagogik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish izchilligi turli omillarga bog‘liq holda belgilandi.
Mazkur omillar quyidagilardan iborat:
1. Talaba oliygohda ta’lim olish davomida o‘zlashtiradigan bilimlar hajmi.
2. Berilgan mashq turi bo‘yicha talabalarni texnik tayyorgarligi.
3. Kimgadir biror mashqni o‘rgatish uchun, uni puxta o‘zlashtirish kerak.
4. Vazifalarni bajarish qulayligi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni uzluksiz usulda o‘tkazish muayyan mushkullikka ega. Bu mashqlarni ilgari oson, oddiy sharoitda o‘tkazmagan talabalar uchun bunday vazifa juda mushkil bo‘lishi mumkin. SHunga bog‘liq ravishda, 1-bosqich talabalari tomonidan umumrivojlantiruvchi mashqlarni uzluksiz usulda o‘tkazish muammosini ularni tayyorgarligi va qobilyatlari darajasiga qarab echish lozim.
5. Pedagogik usullar xilma-xilligi va mushkilligi.
Bir yoki xatto bir nechta mashg‘ulot davomida ham, musiqa jo‘rligi bilan birgalikda o‘z vaqtida buyruq (komanda) berish qobilyatini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. SHuningdek, bir yil davomida talabani gimnastik uskunalarda barcha mashqlarni bajarish (institut dasturi hajmida) da shug‘ullanuvchilarga yordam berishga o‘rgatish mumkin emas.
6. Ijobiy “ko‘chirish” (malakalar egallashuvi) omili.
Bir turdagi mashqlarni o‘tkazish borasidagi pedagogik qobilyatlar (malakalar) ba’zan, boshqa turdagi mashqlarni o‘tkazishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, saf mashqlarini o‘tkazishda talabchanlikni namoyon eta olish qobiliyati talabada, u harakatlanish turlari yoki umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rganayotganda ham saqlanib qoladi.
7. Pedagogik ko‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayonini algoritimlash. Bunda qisqa vaqt ichida eng kam quvvat sarfi bilan talabalarga har xil turdagi mashqlarni o‘rgatish qobiliyatini ta’minlab beruvchi, alohida mashqlarni o‘zlashtirish izchilligi nazarda tutiladi.
8. Pedagogik amaliyot muddatlari. Maktabda pedagogik amaliyotni o‘tashdan oldin talaba zaruriy kasbiy-pedagogik ko‘nikma va qobilyatlar minumimiga ega bo‘lishi kerak. Bu bilimlarsiz unga mashg‘ulot o‘tkazish ruxsat etilmaydi. Aks holda, bu xavfli bo‘lishi mumkin. Pedagogik amaliyot muddatlari pedagogik ko‘nikma va qobilyatlar shakllanishini mantiqiy izchilligiga bir qadar zid keladi. Murabbiy bu muddatlarni o‘zgartira olmasligi sababli, u talabada hech bo‘lmasa, eng zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun imkon izlashi lozim.
 
Ko'rildi: 319     Ko'chirildi: 637


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz