Oq fonda mevalardan tuzilgan natyurmortni amaliy tasvirlashning dastlabki bosqichida biroz soddaroq so’ngra esa narsa va buyumlarning bir guruhini tasvirlash kerak. Narsalarning bir guruh yig’ilganini tasvirlash uchun natyurmort kompozitsiyasini to’g’ri tashkil etish muhimdir. U ikki jihat asosida tuziladi: natura qo’yilmasini tashkiliy qismi (narsalarni tanlay bilish va ularni kompozitsion chiroyli joylashtirish) naturaga nisbatan ko’rish nuqtasini aniqlash va qog’oz yuzasida qo’yilmani tasvirlash.