Natyurmort janri. “Natyurmort” so’zi fransuzcha bo’lib “jonsiz narsalar (natura)” ma’nosini anglatadi. U asosan rangtasvir va grafika asarlarida ishlatiladi. Tasviriy san’atning bu janrida gullar, mevalar va sabzavotlar, qushlar, baliqlar, oziq-ovqatlar, turli predmetlar aks ettiriladi. Natyurmortni xona ichida, ochiq havoda, soyada va quyoshda, tabiiy va sun’iy yorug’likda tasvirlash lozim. Bu esa o’z navbatida o’quv va ijodiy vazifalarni samarali amalga oshirishga puxta zamin yaratadi.
|
0
|
|