Halima Xudoyberdieva 1947 yil 17 mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1992). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). «Ilk muhabbat» (1968), «Oq olmalar» (1973), «Chaman» (1974), «Suyanch tog‘larim» (1976), «Bobo quyosh» (1977), «Issiq qor» (1979), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1987), «Yuragimning og‘riq nuqtalari» (1991), «Xo‘rlik o‘ti» (1993), «Bu kunlarga yetganlar bor» (Saylanma, 1994), «To‘marisning aytgani» (1996), «Saylanma» (2000), «Yo‘ldadirman» (2005) va boshqa she’riy kitoblari nashr etilgan. T. Minnullinning «Alla» pesasi shoiraning avtorlashtirilgan tarjimasida O’zbek milliy drama teatri sahnasida ko‘yilgan