Bir avloddan ikkinchi avlodga o’tib, bizgacha yetib kelgan bir afsona saqlangan. Hikoya qilishlaricha, Paqlavon Mahmud Hindiston hokimi tomonidan mamlakatning mashhur polvonlari bilan musobaqalashishga taklif qilinadi. Shunda u tasodifdan bir mushtipar ayoalning o’g’li bilan tirikchilik qilishini va u oilaning yakka-yolg’iz boquvchisi ekanligi bilib qoladi. Uning o’g’li hamma bellashuvlarda g’olib chiqar edi. Musobaqalarda mashhur Pahlavon Mahmud ishtirok etishini eshitgan ona, o’g’lining yengilishdan va natijada oila kun kechirish manbaidan mahrum bo’lishidan qo’rqib ko’z yosh to’kadi. Ayolning o’g’lini Nuriddin Chati der edilar. Ertasi kuni Mahmud Nuriddn bilan davrada uchrashganda unga o’zini yengish imkoniyatini beradi. Bu afsona Pahlavon Mahmudning shuxratparast emas, aksincha, oliyjanob, saxiy va rahmdil inson bo’lganligidan dalolat beradi.