Hozirgi kunda respublikamizda sport va jismoniy madaniyatni
rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Aholi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol qilib tarbiyalashda sportning ahamiyati katta. Zero sport va jismoniy tarbiya nafaqat tanani, balki ruhni, irodani tarbiyalaydi. Jismoniy tarbiya va sport – aholi salomatligini mustahkamlash, ishchi-xodim, o‘quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyatini, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Aynan shuning uchun ham mazkur soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid qonun va qarorlar, boshqa me’yoriy hujjatlar va davlat dasturlari qabul qilinib, izchil amalga oshirilmoqda. «Jismoniy madaniyat va sport to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi PQ-1042 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 2009-yil bolalar sport inshootlari, suzish havzalari va musiqa va san’at maktablari qurilish manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori… Bu kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin. |
0
|
|