Davlat ta’lim standartlari talabiga binoan milliy sport turlaridan
o‘zbek kurashi maktab dasturiga kiritilgan. Kurash bizga uzoq davrlardan ma’lum. Arxeologik ilmiy kuzatuvlar, qidiruvlar natijasida aniqlangan ko‘plab ashyoviy dalillar uning yoshi kamida 3 ming yildan ziyod ekanligini isbotlaydi. Kurash temuriylar zamonida ham, undan keyingi davrlarda ham xalqimizning sevimli mashg‘uloti bo‘lib kelgan. Olamga dong taratgan o‘zbek polvonlari kurash tarixi sahifalarida o‘chmas iz qoldirganlar. Shoir Pahlavon Mahmud va Ahmad polvonlar o‘z davrining yengilmas kurashchilari sirasidan edilar. Istiqlol sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz harakatlari bois o‘zbek kurashi jahonda yangi sport turi sifatida shiddat bilan ommalashdi, dunyo hamjamiyati e’tiborini qozondi va ko‘plab mamlakatlarga tarqaldi. |
0
|
|