Tuproq unumdorligini oshirishda qo’llaniladigan tadbirlarda tuproq xaritasi
va xaritogramma materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tuproqni tabiatda va laboratoriya sharoitida birgalikda o’rganish, tuproq hosil bo’lishidagi, rivojlanishidagi, tarqalishidagi va unumdorligini belgilashdagi kabi murakkab masalalarni hal etishni ta’minlaydi. Bu masalalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash lozim. Tuproqni xaritaga tushirish fani tuproqshunoslik yo’nalishidagi bakalavrlarga tuproq xaritalarini tuzish uslublarini, tuproq xaritala rida ilmiy informatik manbani yaratishni, ularni o’qishni chuqur tushuntirish, xaritani tayyorlash jarayoni foydalanish yo’llarini hamda topografik xaritalarning turlari, qishloq xo’jalik xaritalari, atlaslari, ularning tasnifi, 4 tasvirlash usullari, massh tablari, aerokosmik ma`lumotlardan, kompyut e rlardan foydalanish yo’llarini o’rgatadi. |
0
|
|