Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Kamola SHirinboyeva Abdulla qizi 18.02.2021-14:21:24

Muallif (lar): L.A.Botirova
Chiqarilgan yili: 2019
Resurs betlari soni: 33
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
☼Plazmolizni shakli va vaqtiga tuzlar kationi va anionlari ta’siri
O‟simliklar hujayrasidagi hodisalarni o‟rganishda biz plazmoliz hodisasi,
turgor hamda deplozmoliz mohiyatini tushunib olishimiz lozim.
Tirik hujayraga gipertonik, ya‟ni so‟rish kuchi hujayra shirasining so‟rish
kuchidan ortiq bo‟lgan eritmalar ta‟sir qilinganda protoplazma bilan vakuoladagi
suvning bir qismi chiqib ketishi sababli protoplast hujayra devoridan qochadi va
plazmoliz hodisasi ro‟y beradi.
Plazmoliz bir necha xil bo‟ladi. Boshlang‟ich botiq va qavariq shaklda, bular
protoplazmaning hujayra po‟stidan ajralish darajasi bilan farqlanadi.
Protoplazma juda ham yopishqoq bo‟lib, hujayra devoridan asta-sekin ajrala
boshlaydi va buning natijasida botiq plazmoliz hosil bo‟ladi, ya‟ni protoplast
yuzining ba‟zi bir qismlari hujayra devoriga yopishgan holda boshqa qismlari
hujayra devoridan ajraladi, ayni vaqtda notekis bo‟lib qolgan yuzasining botiq
tomoni hujayra devoriga qarab turadi, shuning uchun ham botiq polizmoliz
deyiladi.
Hujayra shirasining hujayra po‟stidan to‟liq ajralib, o‟rtaga to‟planib qolishiga
qavariq plazmoliz deyiladi.
Deplazmoliz plazmolizlashgan hujayraga suv qayta shimilishi natijasida
hujayralarning dastlabki (turgor) holatga qaytishidir.
Turgor-hujayra qobig‟ining taranglik holati. Bu hujayra ichidagi suyuqlikning
va tashqi eritmaning osmotik bosimi hamda hujayra qobig‟ining elastikligi tufayli
ro‟y beradi. Turgor tufayli o‟simlik to‟qimalari tarang va mustahkam bo‟ladi.
Avtolizning hamma jarayonlari, o‟simlikning so‟lishi va qarishi turgorning
pasayishi tufayli sodir bo‟ladi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
O’simliklar fiziologiyasi
 
Ko'rildi: 362     Ko'chirildi: 1015


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz