1.1. “Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasi” fani maqsadi va vazifasi.
Ob‟ekti va predmeti, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, asosiy tushuncha va qonuniyatlari Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi geografiyasi fani, transport, sanoat va qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining ma‟lum makon va zamonda hududiy muammolarini, joylashish, iqtisoslashish va rivojlanish qonuniyatlarini o„rganadi. Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi xalq xo„jaligining (iqtisodiyotning) muhim tarkibiy qismlaridir. Ular jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo„lgan turli xil mahsulotlarni ishlab chiqaradi va iste‟molchiga yetkazib beradi. Transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi iqtisodiy va ijtimoiy geografik masalalarni o„rganishda yetakchi o„rinni egallaydi. Umuman, transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi -bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanib, o‟ziga xos rivojlanish mexanizmiga, istiqbollariga, muammolariga ega. Xususan bu yirik masala butun dunyo, ayrim davlatlar va hududlarning-transport, sanoat va qishloq xo„jaligini va ular bilan uzviy bog„liq bo„lgan xalqaro iqtisodiy aloqalar sohalarini ham qamrab oladi. Bu masalani o„rganish bilan biz har bir xo„jalik tarmoqlarining jamiyat hayotida tutgan o„rni, rivojlanish va joylashish xususiyatlarini , ularning atrof-muhitga ta‟siri haqida etarlicha tushuncha olamiz. Fanning ob‟ekti-har bir davlatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo‟lgan moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari-transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi va bu tarmoqlarining joylashuv xususiyatlari, ishlab chiqarish mexanizmi, rivojlanish masalalari va soha oldidagi muammolar. Ushbu doirada qaraydigan bo„lsak, transport, sanoat va qishloq xo‟jaligi-moddiy ishlab chiqarish faoliyatining barcha turlari majmuasidir. Buning asosida mahsulotlar, energiya shaklidagi moddiy ne‟matlar yaratiladi va bir joydan ikkinchi joyga tashiladi, saqlanadi, navlarga ajratiladi, qadoqlanadi, o„rab bog„lanadi, joylanadi va muomala sohasidagi vazifalar amalga oshiriladi. Bizga ma‟lumki transport-moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri sifatida, xalq-xo„jaligining “qon tomiri” hisoblanib, xalq xo„jaligi va aholining yuklarga bo„lgan ehtiyojlarini, yo‟lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga harakatlanishini o„z vaqtida muttasil ta‟minlab turadi. Sanoat–ham moddiy ishlab chiqarishning eng yirik etakchi tarmoqlaridan bo„lib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste‟mol tovarlarining ko„pchilik qismi yaratiladi. Shuningdek, qishloq-xo„jaligiham moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri bo„lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan va sanoatni (oziq-ovqat va engil sanoatlarni) xom ashyo bilan ta‟minlaydi. |
0
|
|