I. O’ZBEKISTONNING SUG’ORILADIGAN YERLARI
TUPROQLARINING ASOSIY TURLARI VA ULARNING MELIORATIV HOLATI 1.1. Sug’oriladigan yerlarning tuproqlaridan foydalanish ahvoli. Yer-tabiatning bebaho boyligi, ona sayyoramizdagi jamiki tirik mavjudotning xayot manbai. Inson xayoti yerning holati va uning hosildorligiga bog’liq. Xususan sug’oriladigan yerlar qishloq ho’jalik ishlab chiqarishida alohida ahamiyatga ega. Undan to’g’ri foydalanilganida lalmi yerlarga nisbatan 4-5 xissa ko’p mahsulot olish mumkin. Suv taqchilligi jiddiy masala bo’lib turgan xozirgi sharoitda sug’orish suvidan tejab-tergab foylalanish muhim xalq ho’jaligi va sotsial vazifalardan biri bo’lib qoldi. Respublikamizda paxtachilikning bundan buyon rivojlanishi yangi yerlarni o’zlashtirishdan ko’ra, ho’jalik ichida suvdan foydalanishni takomillashtirish va g’o’zaga ishlov berishning intensiv texnologiyasini kengroq joriy qilish xisobiga mavjud yerlardan olinadigan hosildorlikni oshirishga bog’liqdir. Avvalo barcha moddiy ne’matlar manbai bo’lgan yerni nihoyatda avaylab asrashimiz tuproqning hamisha sog’lom bo’lishi xaqida g’amho’rlik qilishimiz, uning unumdorligini muttasil oshirib borishimiz zarur. |
0
|
|