Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Doniyor Abduraximov Baxodirovich 24.04.2019-14:54:22

Muallif (lar): Aslonov K.
Chiqarilgan yili: 2010
Resurs betlari soni: 106
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): doc

C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o`z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo`ljallangan edi. Ken Thompson
o`zining B tilida BCPL ning ko`p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo`lgan. Yani o`garuvchilarning ma`lum bir tipi bo`lmagan - har bir o`zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer
egallagan. O`zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo`lgan.
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo`lladi. C o`zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko`p muhim tomonlarini o`z ichiga olish bilan bir qatorda o`zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog`langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo`ladi.
1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo`yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o`zgarishlar yoki umuman o`zgarishlarsiz juda ko`p kompyuter platformalarida ishlaydi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Dasturlash texnologiyalari
 
Ko'rildi: 290     Ko'chirildi: 1061


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz