Hozirgi zamon fani va texnikasining tez sur’atlar bilan o’sishi talabalardan umumtexnika fanlarining asosi bo’lgan “Nazariy mexanika”fanini chuqur o’rganishni talab etadi. O’quv qo’llanma, “Nazariy mexanika” fanining “Statika” va “Kinematika” bo’limlariga bag’ishlangan bo’lib, statikaning qonunqoidalari to’liq, batafsil bayon etilgan. Ularga doir masalalar yechilgan. Kinematika bo’limida nuqta kinematikasi va qattiq jism kinematikasiga doir asosiy mavzular yoritilgan. Barcha mavzular bo’yicha masalalar yechilib ko’rsatilgan. Har bir bobdan so’ng takrorlash uchun savollar keltirilgan. Qo’llanma “Muhandislik va muhandislik ishi” yo’nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavrliat talabalari uchun mo’ljallangan.