Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda O’zbekistonning tabiiy va iqtisodiy geografiyasi bo’yicha kompleks bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga regional tabiiy geografiya, O’zbekiston tabiatini geografik o’rganish tarixi, O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi eng muhim omillar, mamlakatning tabiiy sharoiti va boyliklaridan xo’jalikni rivojlantirishda foydalanish, xo’jalikni tarmoqlar tarkibi, hududiy tashkil etilishi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatishdan iborat.