Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Umurzoq G`oziyev Lapasovich 12.04.2019-17:53:04

Muallif (lar): Atabaeva
Chiqarilgan yili: 2012
Resurs betlari soni: 140
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

Urug’shunoslik qishloq xo’jaligida ekib o’stiriladigan ekinlarning urug’i haqidagi fan hisoblanadi. Botanika va o’simlikshunoslikda “urug’” atamasi bir xil ma’noni anglatmaydi. Botanika nuqtai nazaridan urug’ urug’kurtakni qo’shaloq otalanishi natijasida paydo bo’ladi. U murtak, zaxira oziq moddalar va po’stdan iborat bo’ladi.
O`simlikshunoslikda urug` deganda turli ekinlarning hosil olish uchun ekiladigan doni-mevasi tushuniladi. Ekish uchun haqiqiy urug`lari (dukkaklilar, krestgullilar, g`o`za, zig`ir), po`stli yoki yalong`och mevalari yoki uning qismlari (g`alladonlilar doni va g`allasimon o`tlar, kungaboqar, maxsar pistasi, grechixa va nashaning yong`oqchasi, qushtirnoq mevasi bo`lakchalari), hatto to`pmevalari (lavlagi, mushukquyruq boshoqchasi), tuganaklari (kartoshka, yer noki) hisoblanadi.
Urug`larda o`simlikning biologik va xo`jalik xususiyatlari mujassamlashgan bo`lib bu xususiyatlar avlodga beriladi. Shuning uchun urug` ekilganda olinadigan hosilning miqdori va sifati unga bog`liq bo`ladi. Urug` sifati ahamiyatini dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi har bir odam yaxshi biladi.
Urug`likning sifati uch guruhga ajratiladi: 1) urug`ning navdorlik sifatlari; 2) urug`ning ekish sifatlari; 3) urug`ning hosildorlik sifatlari.
Urug`larning navdorlik sifati deganda ularning nav tozaligi tushuniladi. Davlat andozalari bo`yicha urug`ning nav tozaligi, urug`lik avlodi va boshqalar talablarga javob berishi kerak. Masalan, bug`doy urug`ining nav tozaligi 95 foizdan kam bo`lmasligi talab etiladi. Bu talab yaxshi hududlashtirilgan nav va duragaylarni ekish yuqori va sifatli hosilni ta`minlovchi muhim omil ekanligidan kelib chiqadi.
Odatda, urug`ni nav tozaligi qancha yuqori bo`lsa nav yoki duragayning hosildorlik xususiyatlari shuncha yaxshi namoyon bo`ladi.
Urug`larning ekish sifatlari, uni ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi xususiyatlarining yig`indisidir.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
O’simlikshunoslik
 
Ko'rildi: 315     Ko'chirildi: 150


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz