Fizika fani bizni o`rab olgan moddiy dunyodagi hodisalar haqidagi
ma`lumotlarni tajriba orqali yig‟adi. Laboratoriya sharoitida biror hodisaning tabiatini o`rganish maqsadida tajriba o`tkaziladi. Laboratoriya ishlarini bajarish davomida talabalar muayyan fizik hodisalarni o`rganishdan tashqari o`lchov asboblari bilan tanishadilar, hisoblashning ba`zi nazariy tomonlarini (xatoliklarni hisoblash) o`rganadilar va nihoyat formulaga kirgan fizik kattaliklarni tajribada aniqlash uchun o`lchash ishlarini bajaradilar. |
0
|
|