Tuproqning suv råjimi-tuproqqa suvning kålib tushishi, xarakatlanishi va sarflanishini bålgilovchi jarayonlar yig’indisidir. Tuproqning suv råjimi tuproq paydo bo’lish jarayoni va unumdorligini bålgilovchi asosiy omillardan biri xisoblanadi. Tuproqdagi namlikning asosiy manbalari-yogingarchilik, yår yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlari, sug’orish suvlari va boshqalar xisoblanadi. Tuproqqa suvning kålishi (infiltratsiya, kondånsatsiya, kapillyarlar orqali ko’tarilish, muzlash va erish) va undan chiqib kåtishi jarayonlari tuproq qatlamlaridagi namlikning o’zgarishiga sabab bo’ladi, xamda har xil suv tartibi tiplarini yuzaga kåltiradi (Tuproqshunoslik fanida o’tilgan tuproqning suv tartibi mavzusini eslang).