Dala betida kichik do’ngchalar paydo bo’lishi. Bu holda o’simliksiz yoki o’simliklari ojizlanib qolgan dog’lar- do’ngchalar o’z atroflaridagi dala betiga nisbatan 10- 15 sm balandroq bo’ladi. Dog’ ustidagi tuproq qavati, dalaning shu dog’ atrofidagi tuprog’iga nisbatan, ancha yengilroq va sershira bo’ladi. Yer sho’rini yuvishda hamda o’sish davridagi sug’orishlar vaqtida, shuningdek, yog’inragchilik davrida bu do’ngchalar kam namiqadi va yetarli darajada sho’rsizlanmaydi. Bunday do’ngchalar tagiga joylashgan yer osti suvlari ham qoniqarsiz darajada sho’rsizlanadi. Shu sababli bunday do’ngchalar juda tez vaqt ichida yangidan sho’rlanib, ulardagi o’simliklar ko’rib yoki juda ojizlanib qoladi.