Ushbu o`quv-uslubiy majmua Tarix yo`nalishi 3- bosqich talabalariga « O’zbek davlatchiligi tarixi»fanidan ma`ruza va seminar mashg’ulotlari olib borishga mo`ljallangan. Bunda shu makonda qadimdan rivojlanib, shakllanib kelgan tarixiy, madaniy an’analar asosida yurtimizda qaror topgan davlatlar to’g’risida ma’lumot berilgan. Shuningdek, o’quv-uslubiy majmuada yurtimizdagi tarixiy davrlarning bevosita ko’zgusi bo’lgan va ulug’ bobokalonlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan nodir tarixiy asarlar, ularning qimmati va ahamiyatini har tomonlama o’rganish masalalari keng yoritilgan.