Ushbu dastur mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish kabi dolzarb masalani horijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini tarixiy nuqtai nazardan o’rganmasdan hal etib bo’lmaydi. Jahon tarixini mukammal darajada bilmoq insoniyat tsivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to’la bahramand qiladi, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga ko’maklashadi va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topishga imkoniyat yaratadi.
Oliy ta’lim tizimida yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, yangi bilim, lhetshlf mF malakalar hamda texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini zamonaviy o’quv-metodik majmualar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega.