Mazkur kitob 1997-yilda nashr etilgan «Vatan tarixi» (Birinchi kitob) o‘quv
qo‘llanmasi va 2003-yilda nashr qilingan «Vatan tarixi» (XVI–XX asr boshlari) (Ikkinchi kitob)ning davomi bo‘lib, unda o‘zbåk va jahon tarixshunosligining hozirgi bosqichdagi yutuqlariga hamda milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalariga asoslangan holda O‘zbåkistonning 1917-yil fåvral inqilobidan to 1991-yil 31-avgust – O‘zbåkiston Råspublikasining davlat mustaqilligiga erishgan davriga qadar sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqåalari yoritilgan. Kitobda sovåt mustamlakachiligining o‘rnatilishi va unga qarshi o‘lkamiz xalqlarining milliy ozodlik kurashlari, O‘zbåkistonning sovåt råjimi sharoitidagi ahvoli, xalqning tortgan zahmatlari, ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, sovetlar istibdodining kuchayishi va unga qarshi milliy uyg‘onish va uning bosqichlari, istiqlol uchun kurash kång ko‘lamdagi, xilma-xil hujjatli manbalar asosida aks ettirilgan. |
0
|
|