Mazkur kitob 1997-yilda nashr etilgan «Vatan tarixi» (Birinchi kitob) o‘quv qo‘llanmasining davomi bo‘lib, unda O‘zbåkiston tarixshunosligi taraqqiyotining hozirgi bosqichdagi yutuqlariga hamda milliy istiqlol
g‘oyasiga asoslangan holda Vatanimiz tarixining Shayboniylar davlatining tashkil topishidan to XX asr boshlarigacha bo‘lib o‘tgan muhim voqåalari yoritilgan. Kitobda Shay boniylar, Ashtarxoniylar, o‘zbåk xonliklari, Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, o‘lkadagi mustamlaka hukmronligi, mustamlakachilikka qarshi kurash, dåmokratik va milliyozodlik, jadidchilik harakatlari turli manbalar asosida aks ettirilgan. |
0
|
|