Mamlakatimizii modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o’zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaho ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatniig noyob mulkiga aylandi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, xar tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o’qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu fanning barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari hamda maktablarda o’qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.